Valyuta kurslari 17/12/2025
$1 – 12105.56
UZS – -0,2%
€1 – 14232.51
UZS – -0,09%
₽1 – 152.56
UZS – -0,31%
Qidirish
“Navoiy” chegara bojxona postida 812 dona sifatsiz dori vositalarini turli yashirin usullarda olib kirmoqchi boʻlgan fuqarolar to'xtatib qolindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Toshkent viloyati bojxona boshqarmasining “Navoiy” chegara bojxona posti orqali yurtimizga piyoda kirib kelgan ayrim fuqarolar tomonidan tegishli hujjatlari hamda sifat kafolatiga ega boʻlmagan turli dori vositalarini noqonuniy olib kirish holatlari uchrab turibdi.

Xususan, post orqali harakatlangan fuqarolardan birining qoʻl yuklari bojxona koʻrigidan oʻtkazilganida yuklar orasida tegishli hujjatlari boʻlmagan, qayta sotish maqsadida olib kirilayotgan 300 dona dori vositalari borligi maʼlum boʻldi.

Yana bir holatda, shubhali harakatlari sababli shaxsiy koʻrikdan oʻtkazilgan fuqaroning oyoq kiyimi va choʻntaklarida 277 dona dorilar yashirilgani fosh boʻldi.

Navbatdagi holatda esa boshqa bir fuqaro maxsus qurilma orqali tekshiruvdan oʻtkazilganda fuqaroning qorin va bel qismida 235 dona dorilar skotchlangan holda yashirilganligi aniqlandi.

Hozirda holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling