Navoiy aeroporti "MIAT Mongolian Airlines Cargo" aviakompaniyasining birinchi reysini qabul qildi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Mongoliyaning "MIAT Mongolian Airlines Cargo" yuk aviakompaniyasi O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlik doirasida Navoiy xalqaro aeroportiga parvozlarni amalga oshira boshladi.
27-avgust kuni yuk tashuvchi samolyotda umumiy og‘irligi 26,8 tonna bo‘lgan nasldor qo‘ylar O‘zbekistonga olib kelindi.
Joriy yil oxiriga qadar “MIAT Cargo” aviakompaniyasi 106 ta reysni amalga oshirishni mo‘ljallab, Mo‘g‘ulistondan O‘zbekistonga tirik hayvonlarni, O‘zbekistondan Mo‘g‘ulistonga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini tashishni rejalashtirmoqda.
Ulan-Batordan Navoiyga to‘rtta reys "KAP KG" tomonidan amalga oshirilgan va u ham ushbu yo‘nalish bo‘yicha parvozlarni davom ettiradi.
MIAT Cargo - "MIAT Mongolian Airlines" davlat aviakompaniyasining sho'ba korxonasi bo'lib, yuk tashish xizmatlarini ko'rsatadi.