Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
“Navbahor” futbol akademiyasi boshqaruvi niderlandiyalik “Ayaks”ga topshirildi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Navbahor” futbol akademiyasini mashhur niderlandiyalik “Ayaks” akademiyasi boshqaruviga topshirish bo‘yicha kelishuvga erishilganini maʼlum qildi.
Davlat rahbari kelishuv uch yilga mo‘ljallanganini taʼkidladi. Namanganga “Ayaks”dan 11 nafar mutaxassis — murabbiylar, skautlar va metodistlar kelib, yosh futbolchilar bilan ishlaydi va zamonaviy tayyorgarlik usullarini joriy etadi.
Mirziyoyev kelajakda akademiya bitiruvchilari jahonning yetakchi klublarida to‘p surishlariga va jahon chempionatlarida munosib ishtirok etishlariga ishonch bildirdi.