Valyuta kurslari 04/11/2025
$1 – 11972.34
UZS – -0,27%
€1 – 13786.15
UZS – -0,81%
₽1 – 147.79
UZS – -0,52%
Qidirish
Nashriyot bosh muharririning huquqiy maqomi belgilandi

Nashriyot bosh muharririning huquqiy maqomi belgilandi

Nashriyot bosh muharririning huquqiy maqomi belgilandi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Qonun (O‘RQ–1093-son, 03.11.2025 y.) bilan «Noshirlik faoliyati to‘g‘risida»gi Qonunga qo‘shimchalar va o‘zgartirish kiritildi.

Mazkur Qonun bilan "Noshirlik faoliyati to‘g‘risida"gi Qonunga quyidagilarga qaratilgan qo‘shimchalar va o‘zgartirish kiritildi:

nashriyot bosh muharririning huquqiy maqomini belgilash;

kitobxonlik madaniyatini rag‘batlantirish.

Qonun bilan kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, bosh muharrir lavozimiga oliy maʼlumotga va noshirlik faoliyatida kamida 3 yil ish stajiga ega bo‘lgan shaxs tayinlanadi.

Bosh muharrir tashkilotning muassisi (muassislari) yoki rahbari tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi.

Nashriyot nashrlarini chiqarish to‘g‘risidagi qaror bosh muharrir tomonidan qabul qilinadi.

Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling