Namanganda yer osti chiqindilarini saqlash ombori qurilmoqda
Namanganda yer osti chiqindilarini saqlash ombori qurilmoqda
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Namangan viloyati Namangan shahrida yerosti chiqindi saqlash majmuasi barpo etilmoqda.
Mazkur majmua “Obi hayot” mahallasining 24/7 tartibida ishlash uchun qayta qurilayotgan ko‘chasiga joylashtirilmoqda.
Bu yerda har biri 500 kilogram sig‘imga ega 6 ta chiqindi konteynerlarini yer ostiga o‘rnatish maqsad qilingan. Hozirgacha qurilmalarning uchtasi tayyor bo‘ldi.
Viloyat hokimi Shavkat Abdurazzoqov innovatsion obyekt bilan tanishish jarayonida kreativ yondashuvni ma’qullab, bunday maskanlar sonini ko‘paytirish kerakligini ta’kidladi.
Yerosti chiqindi saqlash majmuasi 3 tonnagacha chiqindini jamlash imkoniyatiga ega. Yirik hajmdagi qutilar to‘lishi bilan maxsus qurilma avtomatik tarzda signal yuboradi va chiqindilar maxsus mashinada belgilangan poligonga olib ketiladi. Bunday majmualarni Yangi Namangan va Davlatobod tumanlariga ham o‘rnatish rejalashtirilgan.