Namanganda yana 30 ta zamonaviy avtobus foydalanishga topshirildi
Namanganda yana 30 ta zamonaviy avtobus foydalanishga topshirildi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “Turon-95 MBI” MCHJ tomonidan olib kelingan, Xitoy Xalq Respublikasining “ZHONGTONG BUS” kompaniyasida ishlab chiqarilgan 30 ta zamonaviy avtobus Namanganga yetib keldi.
Marosimda Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov, nuroniylar hamda keng jamoatchilik vakillari qatnashdilar.
Ishtirokchilar yangi avtobuslarning texnik imkoniyatlari, yo‘lovchilar, ayniqsa, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun yaratilgan qulayliklar bilan yaqindan tanishdilar.
Mazkur avtobuslar yaqin kunlar ichida eng muhim yo‘nalishlarda harakatni boshlaydi va Namanganda jamoat transporti xizmatini yangi bosqichga olib chiqib, aholiga yana-da samarali, xavfsiz va qulay xizmat ko‘rsatilishini taʼminlaydi.