Valyuta kurslari 31/10/2025
$1 – 12025.22
UZS – 0,29%
€1 – 13969.70
UZS – 0,07%
₽1 – 149.36
UZS – -0,9%
Qidirish
Namanganda qalbaki dori vositalari ishlab chiqarish holati aniqlandi

Namanganda qalbaki dori vositalari ishlab chiqarish holati aniqlandi

Namanganda qalbaki dori vositalari ishlab chiqarish holati aniqlandi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Davlat xavfsizlik xizmati, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamda Bojxona qo‘mitasi xodimlari hamkorligida noqonuniy dori vositalari aylanmasiga qarshi kurashish yo‘nalishida Namangan shahrida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Xususan, biologik faol qo‘shimchalar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi MCHJ rahbari tomonidan belgilangan tartib-qoidalarga zid ravishda dori vositalarini tayyorlash maqsadida tashkil etilgan sex ko‘zdan kechirildi.

Natijada, unda mavjud bo‘lgan 1,2 mlrd so‘mdan ortiq qiymatdagi 9 turdagi 138031 quti dori vositalari va biologik faol qo‘shimchalar, 1,8 mlrd so‘mlik prekursorlar, 3,4 mlrd so‘mlik flakon, qopqoq, quti va etiketkalar, 18 mlrd so‘mlik 14 nomdagi ishlab chiqarish uskunalari, 5,6 mlrd so‘mlik 23 dona katta va kichik hajmdagi maxsus idishlar – yaʼni, umumiy qiymati o‘rtacha 30 mlrd so‘mni tashkil etuvchi tovar-moddiy boyliklar ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olindi.

Maʼlum bo‘lishicha, MCHJ faqatgina biologik faol qo‘shimchalar ishlab chiqarish uchun sertifikat olgan bo‘lishiga qaramasdan, sanitariya talablariga javob bermaydigan joyda, nomlarini o‘zgartirgan holda 9 turdagi kontrafakt dori vositalarini ham tayyorlab kelgan.

Jumladan, “Pikovit” dorisi – Pivovit, “Kanefron” – Kanaseron, “Espumizan” – Espumetik, “Nistatin” – Nestitam ko‘rinishida ishlab chiqarilgan. Tekshiruv davomida aniqlanishicha, qo‘lbola usulda tayyorlangan dori vositalari Farg‘ona vodiysi, Toshkent shahri va boshqa viloyatlarga yetkazib berilgan. Hozirda qalbaki dori vositalari bo‘yicha ekspertiza tayinlanib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling