Namanganda “NANO PHARMACEUTICAL”ning zamonaviy dori ishlab chiqarish korxonasi ish boshlash arafasida
Namanganda “NANO PHARMACEUTICAL”ning zamonaviy dori ishlab chiqarish korxonasi ish boshlash arafasida
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Yangi Namangan tumani “Mingchinor” mahallasida “NANO PHARMACEUTICAL” MCHJ tomonidan zamonaviy dori vositalarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yirik loyiha amalga oshirilmoqda.
Loyihaning umumiy qiymati 20 million AQSH dollarini tashkil etib, shundan 5 million dollari mahalliy mablag‘lar, 15 million dollari esa Xitoyning “JIANGSU GUOTAI BOCHUANG INDUSTRIAL CO., LTD” kompaniyasi investitsiyasi hisoblanadi.
Korxona ishga tushirilgandan so‘ng yiliga 40 million dona dori vositalari ishlab chiqarilib, mahsulotning bir qismi eksportga yo‘naltiriladi. Loyiha doirasida 100 ta yangi ish o‘rni yaratilishi rejalashtirilgan.
Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov obyektda olib borilayotgan qurilish va jihozlash ishlari bilan tanishdi. Mazkur obyekt yaqin kunlarda foydalanishga topshirilishi ko‘zda tutilgan.