Valyuta kurslari 27/10/2025
$1 – 12117.35
UZS – -0,1%
€1 – 14069.46
UZS – 0,06%
₽1 – 149.49
UZS – 0,21%
Qidirish
Namanganda chet elda ish vaʼda qilgan firibgarlar qo‘lga olindi

Namanganda chet elda ish vaʼda qilgan firibgarlar qo‘lga olindi

Namanganda chet elda ish vaʼda qilgan firibgarlar qo‘lga olindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Namangan shahridagi xususiy bandlik agentligining norasmiy ishchisi To‘raqo‘rg‘on tumanida yashovchi 4 nafar fuqaroning ishonchiga kirib, tanishlari orqali ularni Janubiy Koreya davlatiga ishlash uchun yuborish evaziga 2000 AQSH dollari talab qiladi.

Ammo, u oldindan 1000 AQSH dollari olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Boshqa holatda esa Namangan shahrida faoliyat yurituvchi turistik firma rahbari ham mansabdor tanishlari orqali o‘z hamshaharini Slovakiya davlatiga ishga yuborish evaziga 40 mln so‘m talab qilib, oldindan viza chiqartirib berish uchun 600 AQSH dollari va 2,8 mln so‘m olgan vaqtida ushlandi.

Taʼkidlash lozimki, mazkur shaxs muqaddam firibgarlik bilan bog‘liq jinoyati uchun sudlangan bo‘lsada, o‘z xatosidan to‘g‘ri xulosa chiqarmagan.

Hozirda har ikki holat yuzasidan qonunbuzarlarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 1-qismi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling