Valyuta kurslari 15/10/2025
$1 – 12185.11
UZS – 0,29%
€1 – 14081.11
UZS – -0,04%
₽1 – 152.58
UZS – 1,42%
Qidirish
Namangan viloyatidan o‘tgan “Kamchik” dovonida yangi turizm maskani barpo etiladi

Namangan viloyatidan o‘tgan “Kamchik” dovonida yangi turizm maskani barpo etiladi

Namangan viloyatidan o‘tgan “Kamchik” dovonida yangi turizm maskani barpo etiladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Namanganda ikkinchi uyg‘onish davri: turizm yo‘nalishida yangi lokatsiyalar barpo etilmoqda. Xususan, vodiyni mamlakatimiz poytaxti bilan bog‘laydigan “Kamchik” dovonining Namangan viloyatidan o‘tgan qismida zamonaviy dor yo‘li va dam olish majmuasi quriladi. Loyiha 90 gektar maydonni qamrab oladi, va uni Avstriyaning Doppelmayr / Garaventa guruhi  amalga oshiradi.

Doppelmayr / Garaventa guruhi  — Avstriya va Shveysariyada tashkil topgan, kanatli yo‘llar (ropeways), gondolalar, liftlar, yo‘lovchi va material tashish sistemalari ishlab chiqaruvchi yirik kompaniyalar guruhi. Guruh turli texnologiyalar, sistemalar va xizmatlar bo‘yicha yetarlicha keng portfelga ega. Kompaniya dunyo bo‘ylab 96 ta mamlakatda 15,000 dan ortiq kanat yo‘llari loyihalashtirgan. 

Bugun Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov Doppelmayr / Garaventa guruhi  vakillari – Joxannes Triyebnik, Valeriy Yashin, Yevgeniy Kuprinni qabul qildi.

O‘zaro muloqotda loyihaning ahamiyati va amalga oshiriladigan qurilish obyektlari muhokama qilindi.

Taʼkidlash joiz, mazkur loyihani Namanganning yirik tadbirkorlaridan biri - "Aisha group" kompaniyasi rahbari Jobirxon Kamalitdinov moliyalashtirmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling