Valyuta kurslari 19/11/2025
$1 – 11940.70
UZS – -0,58%
€1 – 13839.27
UZS – -0,68%
₽1 – 147.40
UZS – -0,27%
Qidirish
Namangan viloyatida xitoylik investorlar bilan birgalikda mikrogidroelektr stansiyasi loyihasi ishga tushirildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov Uychi tumanida umumiy quvvati 2 mVT bo‘lgan elektr energiyasi  ishlab  chiqaruvchi mikro GES qurilishi loyihasi bilan tanishdi.

Loyihaning umumiy qiymati 5,0 mln. dollar bo‘lib, xitoylik tadbirkorlar bilan hamkorlikdagi "Zenith hydro electrics" MCHJ tomonidan hayotga tatbiq etiladi.

2025-2026 yillar davomida amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan ushbu loyiha to‘liq ishga tushsa, hududda elektr taʼminoti uzluksizligiga munosib hissa qo‘shadi.

Eng asosiysi, 15 ta doimiy ishchi o‘rni yaratiladi.

Viloyat rahbari horijiy investor vakillari bilan suhbatlashib, muammolarini o‘rgandi.

Ularni hal etish yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling