Valyuta kurslari 02/10/2025
$1 – 12084.10
UZS – 0,14%
€1 – 14197.61
UZS – 0,4%
₽1 – 146.72
UZS – 0,74%
Qidirish
Namangan viloyatida umumiy qiymati 735 million so‘mlik kriptovalyuta bilan noqonuniy muomala qilgan ikki shaxs qo‘lga olindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Namangan viloyatida ikki mahalliy fuqaro jami 735 million so‘mlik kriptovalyuta bilan noqonuniy operatsiyalar o‘tkazganlikda gumon qilinib qo‘lga olindi.

Viloyat IIB xabariga ko‘ra, “Yangiobod” mahallasida yashovchi 27 yoshli fuqaro 2024 yil dekabridan 2025 yil avgust oyigacha tegishli litsenziyasiz 283 million so‘mlik 20 ta tranzaksiya amalga oshirgan.

“Zarkent” mahallasida istiqomat qiluvchi yana bir fuqaro esa shu davr mobaynida 352,7 million so‘mlik 45 ta tranzaksiya o‘tkazgan.

Har ikki holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling