Valyuta kurslari 04/12/2025
$1 – 11912.38
UZS – 0,26%
€1 – 13873.16
UZS – 0,57%
₽1 – 153.39
UZS – 0,07%
Qidirish
Namangan viloyatida chiqindilardan elektr energiyasi ishlab chiqarish loyihasi boshlandi

Namangan viloyatida chiqindilardan elektr energiyasi ishlab chiqarish loyihasi boshlandi

Namangan viloyatida chiqindilardan elektr energiyasi ishlab chiqarish loyihasi boshlandi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot” yili munosabati bilan Chust tumanida yirik investitsiya loyihalari hayotga tatbiq etilmoqda.

“Zarafshon” MFY hududidan ekosanoat zonasini tashkil etish uchun tanlab olingan 15 gektar yer maydonining 10  gektarida “Everbright Environmental Energy Namangan” MCHJ XK tomonidan xitoylik investorlar bilan hamkorlikda qiymati 150 mln. dollarlik "Chiqindini yoqish orqali elektr energiya ishlab chiqarish" loyihasi amalga oshiriladi.

Bugun ushbu zavod qurilishiga tamal toshi qo‘yildi. Unda xorijlik hamkorlar, nuroniylar, jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.

Tadbirda Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov qatnashib, ushbu yirik loyiha kelgusida viloyatimiz iqtisodiyoti, ekologiyasiga katta hissa qo‘shishini taʼkidladi.

Mazkur loyiha ishga tushishi hisobiga 547,5 ming tonna chiqindi qayta ishlanadi, 310 mln kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi, shundan 254 mln kVt·soati tarmoqqa uzatiladi. Bu, taxminan 300 ming aholining yillik elektr energiyaga bo‘lgan ehtiyojini qoplaydi. Eng asosiysi, yangi loyiha natijasida 180 nafar yurtdoshlarimizning doimiy bandligi taʼminlanadi.

Taʼkidlash joiz, viloyatimizda 1 kunda o‘rtacha 1450 tonna, yillik 529,3 ming tonna chiqindilar to‘planib, to‘liq qayta ishlash imkoniyati yaratilmoqda. Birinchi bosqichda 6 ta tumanlardan yig‘ilgan chiqindilar To‘raqo‘rg‘on tumanidagi qayta yuklash stansiyasiga keltirilib, saralanadi va ushbu zavodga olib kelinadi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling