Namangan viloyati Xitoyning turizm salohiyatini namoyish etdi va hamkorlik memorandumini imzoladi
Namangan viloyati Xitoyning turizm salohiyatini namoyish etdi va hamkorlik memorandumini imzoladi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Namangan viloyati delegatsiyasi Xitoy Xalq Respublikasining Xanchjou shahrida tashkil etilgan “O‘zbekiston turizmi Xitoyda” nomli xalqaro forumda ishtirok etdi.
Forum doirasida Namangan viloyatining turistik imkoniyatlari, madaniy-tarixiy merosi, ziyorat va ekoturizm yo‘nalishlari bo‘yicha keng qamrovli taqdimot o‘tkazildi.
Unda Namangan viloyati hokimining o‘rinbosari Botir Nuritdinov viloyatning turizm sohasidagi salohiyati, infratuzilmasi va xorijiy sayyohlar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida atroflicha maʼlumot berdi.
Shuningdek, tadbir doirasida Xitoyning Hangzhou Travel Agency Industry Association Bosh kotibi Chen Jinrong kmopaniyalari bilan Namangan viloyati turizm sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga qaratilgan o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi. Ushbu hujjat ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlash, qo‘shma turistik loyihalarni amalga oshirish hamda Xitoydan Namangan viloyatiga turistlar oqimini oshirishga xizmat qilishi kutilmoqda.