Namangan viloyati va Xitoy chiqindilarni qayta ishlash bo‘yicha 150 mln dollarlik loyihani jadallashtirmoqda
Namangan viloyati va Xitoy chiqindilarni qayta ishlash bo‘yicha 150 mln dollarlik loyihani jadallashtirmoqda
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzokov boshchiligidagi viloyat delegatsiyasi Xitoy Xalq Respublikasida xizmat safari bilan bo‘lib, u yerda davlat organlari va yetakchi kompaniyalar vakillari bilan muzokaralar olib bormoqda.
Shenchjen shahrida viloyat hokimi chiqindilarni qayta ishlash sohasida faoliyat yurituvchi xalqaro China Everbright Environment kompaniyasi prezidenti Lyuan Zusheng bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muloqotda Namangan viloyati Chust tumanida amalga oshirilaëtgan umumiy qiymati 150 million AQSH dollari bo‘lgan chiqindilarni qayta ishlash loyihasini yana-da jadallashtirish masalalari muhokama qilindi.
Mazkur investitsiya loyihasi 14–16 oy muddatda to‘liq yakunlanishi va 2027 yilning birinchi choragida ishga tushirilishi bo‘yicha kompaniya prezidenti bilan kelishuvga erishildi.
Loyiha amalga oshirilishi natijasida hududda ekologik holat yaxshilanib, zamonaviy “yashil texnologiyalar” joriy etiladi hamda yangi ish o‘rinlari yaratiladi.
Shuningdek, safar davomida Xitoyning yetakchi kompaniyalari bilan investitsiya, sanoat va ekologiya sohalarida o‘zaro hamkorlikni yana-da kengaytirishga qaratilgan qator uchrashuvlar o‘tkazilishi belgilangan.