Namangan viloyati va Dog‘iston qo‘shma biznes-forum o‘tkazish hamda logistika markazi tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov Rossiya Federatsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi II hududlar Kengashida Dog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot va hududiy rivojlanish vaziri Gadji Sultanov bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Sultanov Gadji Ruslanovich Dog‘iston Respublikasi amaldagi davlat maslahatchisi, “Dog‘iston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan iqtisodchi” unvoniga ega. Vazirlikning iqtisodiy rivojlanish, investitsiyalar jalb qilish, hududiy rivojlanish, loyihalarni kuzatuvchi, Qonun va normativ bazalarini ishlab chiqish kabi vazifalarni amalga oshiradi.
Gadji Sultanov eng avvalo, shu yil 1-3 oktyabr kunlari Dog‘istonda bo‘lib o‘tgan «Tog‘li hududlarni barqaror rivojlantirish» xalqaro forumida Namangan viloyati delegatsiyasining faol ishtirokini eʼtirof etib, Namangan viloyati hokimiga Dog‘iston Respublikasi hukumati rahbari Sergey Melikovning alohida minnatdorchiligini yetkazdi.
O‘zaro muloqotda ikki hududning yirik tadbirkorlari ishtirokida Namanganda va Dog‘istonda hamkorlikdagi biznes - forum o‘tkazish, shuningdek, “Savdo uyi” hamda “Logistika markazi” ochishga kelishib olindi.