Valyuta kurslari 19/01/2026
$1 – 11962.78
UZS – -0,06%
€1 – 13887.59
UZS – -0,29%
₽1 – 153.94
UZS – 0,9%
Qidirish
Namangan viloyati hokimi «Asror Textile» tikish korxonasiga tashrif buyurib, ish o‘rinlarini kengaytirish masalalarini muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazoqov “Yangi Asr” mahallasida joylashgan “Asror textile” tikuv korxonasi faoliyati bilan tanishdi.

Korxona bugungi kunda 1 000 kishining bandligini taʼminlagan va asosan erkaklar uchun kostyum-shim ishlab chiqaradi.

Mahsulotlar MDH davlatlari hamda Yevropaning bir qator mamlakatlariga yetkazib berilmoqda. Korxona 2025 yil davomida 10 million AQSH dollari miqdorida eksport qildi.

Viloyat hokimi ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishib, tadbirkor bilan muloqotda sifat nazorati va yangi ish o‘rni yaratish imkoniyatlarini muhokama qildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling