Namangan viloyati Amerika instituti bilan shartnoma imzoladi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Amerika qo‘shma shtatlarining Baskervilla instituti hamda Stirling fondi vakili doktor Baxman Baxtiyari Namanganga keldi.
Xorijiy mehmon Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov qabulida bo‘ldi.
Baskervilla instituti va Stirling fondi — AQSHning Yuta shtatidagi eng nufuzli ilmiy-ijtimoiy tashkilotlardan bo‘lib, faoliyati insonparvarlik, taʼlim va tibbiy sohalardagi xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan.
Baskervilla instituti ijrochi direktori Doktor Baxman Baxtiyari — Markaziy Sharq siyosati bo‘yicha tanilgan olim va diplomatik faol. Faoliyatining asosiy yo‘nalishlari xalqaro taʼlim va madaniyatlararo muloqotni rivojlantirish, Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan hamkorlikni kengaytirish, ijtimoiy diplomatiya va “insonlar orqali do‘stlik” g‘oyasini ilgari surishdan iborat.
Samimiy muloqotda Baskervilla instituti va Stirling fondining Namangan viloyati bilan taʼlim, tibbiyot va yoshlar siyosati sohalarida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha memorandum imzonlandi.