Namangan va Guizhou iqtisodiyot va turizm sohalarida hamkorlikni mustahkamlamoqda
Namangan va Guizhou iqtisodiyot va turizm sohalarida hamkorlikni mustahkamlamoqda
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov Xitoy Xalq Respublikasining Guychjou provinsiyasi gubernatori Li Binszyun bilan rasmiy uchrashuv o‘tkazdi.
Muzokaralar davomida Namangan viloyati va Guychjou provinsiyasi o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni yana-da rivojlantirish, savdo-iqtisodiy, investitsiya, sanoat, qishloq xo‘jaligi hamda turizm sohalarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuvda tomonlar Namangan viloyati va Guychjou provinsiyasi o‘rtasida o‘rnatilgan birodar hududlar maqomidagi hamkorlik aloqalari izchil rivojlanib borayotganini alohida taʼkidlab, uni amaliy mazmun bilan boyitishga kelishib oldilar.
Namangan viloyati hokimi Guychjou provinsiyasi gubernatori Li Binszyun boshchiligidagi Guychjou delegatsiyasini 2026 yilda Namanganda o‘tkaziladigan anʼanaviy Gullar festivalining 65 yillik yubileyida ishtirok etishga taklif qildi.
Shuningdek, festival doirasida “Namangan – Guychjou” investitsiya va biznes forumini tashkil etish bo‘yicha o‘zaro kelishuvga erishildi. Ushbu forum ikki hudud ishbilarmon doiralari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot o‘rnatish, yangi investitsiya loyihalarini shakllantirish va hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qilishi qayd etildi.
Uchrashuv o‘zaro ishonch, do‘stona muhit va amaliy hamkorlikni yana-da mustahkamlash ruhida o‘tdi.