Valyuta kurslari 03/09/2025
$1 – 12422.90
UZS – -0,3%
€1 – 14457.77
UZS – -0,6%
₽1 – 154.30
UZS – -0,49%
Qidirish
Namangan shahrida qalbaki 30 000 AQSH dollarini o‘tkazmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Namangan shahrida qalbaki 30 000 AQSH dollarini o‘tkazmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Namangan shahrida qalbaki 30 000 AQSH dollarini o‘tkazmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Namangan viloyati boshqarmasi, DXX hamda Bojxona boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Toshkent-Namangan” yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan “Laccetti” rusumli avtomashina to‘xtatilib ko‘zdan kechirilganda, avtomashina yo‘lovchisi S.B. har biri 100 AQSH dollarlik qalbaki 30 000 AQSH dollarini Namangan shahrida o‘tkazish maqsadida olib kelganligi aniqlanib, ushbu qalbaki pullar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling