Valyuta kurslari 17/12/2025
$1 – 12105.56
UZS – -0,2%
€1 – 14232.51
UZS – -0,09%
₽1 – 152.56
UZS – -0,31%
Qidirish
Namangan-Guiyang forumi Xitoy bilan savdo va investitsiya hamkorligini mustahkamladi

Namangan-Guiyang forumi Xitoy bilan savdo va investitsiya hamkorligini mustahkamladi

Namangan-Guiyang forumi Xitoy bilan savdo va investitsiya hamkorligini mustahkamladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Namangan viloyati delegatsiyasining Xitoy Xalq Respublikasiga amaliy tashrifi doirasida Guychjou provinsiyasi markazi Guyyan shahrida “Namangan – Guyyan” savdo-iqtisodiy va investitsion forumi muvaffaqiyatli oʻtkazildi.

Mazkur forum Namangan viloyati hokimligi tashabbusi, Oʻzbekistonning Xitoy Xalq Respublikasidagi elchixonasi hamda “Guizhou Huayu Group” kompaniyasi koʻmagida tashkil etildi.

Forumda Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov, Oʻzbekistonning Xitoydagi Favqulodda va Muxtor elchisi Farhod Arziyev, “Guizhou Huayu Group” kompaniyasi prezidenti Jou Fu, shuningdek, “China Economical and Trade Magazine” yirik nashriyot uyi raisi oʻrinbosari Xua Yan xonim nutq soʻzladilar.

Tadbirda “Yangi Oʻzbekiston” doirasida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar, investitsiyaviy muhitni yaxshilash, xorijiy investorlar uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar atroflicha taqdim etildi. Shuningdek, Namangan viloyatining sanoat, qishloq xoʻjaligi, logistika, energetika, qurilish materiallari, farmatsevtika va eksport salohiyati hamda investitsiyaviy imkoniyatlari haqida batafsil maʼlumot berildi.

Forum ishtirokchilari Namangan viloyatining Xitoy kompaniyalari bilan oʻzaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish, qoʻshma korxonalar tashkil etish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va eksport salohiyatini oshirishga qaratilgan taklif va tashabbuslarini yuqori baholadilar.

Forum yakunida sanoat, energetika, qurilish, kimyo, agrosanoat va logistika sohalarini qamrab olgan umumiy qiymati 1,1 milliard AQSH dollariga teng boʻlgan 8 ta investitsion shartnoma va kelishuvlar imzolandi. Ushbu loyihalarning amalga oshirilishi Namangan viloyatida yangi ish oʻrinlari yaratish, yuqori qoʻshilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish va hudud iqtisodiyotini yanada jadal rivojlantirishga xizmat qiladi.

Tadbir ishtirokchilari “Namangan – Guyyan” formatidagi hamkorlikni tizimli ravishda davom ettirish, ikki hudud oʻrtasida savdo-iqtisodiy aloqalarni yangi bosqichga olib chiqish boʻyicha oʻzaro tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling