Namangan delegatsiyasi Afg'oniston bilan hamkorlikni mustahkamlamoqda
Namangan delegatsiyasi Afg'oniston bilan hamkorlikni mustahkamlamoqda
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Namangan viloyati delegatsiyasi rasmiy tashrif bilan Afg‘oniston Islom Respublikasida bo‘lib turibdi.
Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov boshchiligidagi Namangan viloyati delegatsiyasining Afg‘oniston amaliy tashrifidan asosiy maqsad — viloyatning eksport salohiyatini oshirish, o‘zaro savdo aylanmasini kengaytirish hamda investitsiyaviy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishdan iborat.
Safarning ilk kuni Qobul shahrida Afg‘oniston Sanoat va savdo vaziri Nuriddin Aziziy bilan rasmiy uchrashuvdan boshlandi.
Shundan so‘ng tashkil etilgan biznes – forum Namangan hamda Afg‘oniston tadbirkorlari o‘rtasidagi hamkorlikni yo‘lga qo‘yishda yangi bosqichni boshlab berdi.
Forum doirasida tadbirkorlar o‘rtasida B2B muloqotlar tashkil etildi va aniq loyihalar bo‘yicha bir qator kelishuvlarga erishildi.