Valyuta kurslari 06/01/2026
$1 – 11952.24
UZS – -0,43%
€1 – 13963.80
UZS – -1,17%
₽1 – 147.81
UZS – -3,76%
Qidirish
Namangan 2025 yilda 1,5 mln xorijiy turistni qabul qildi, turizm xizmatlari eksporti $224 mlndan oshdi

Namangan 2025 yilda 1,5 mln xorijiy turistni qabul qildi, turizm xizmatlari eksporti $224 mlndan oshdi

Namangan 2025 yilda 1,5 mln xorijiy turistni qabul qildi, turizm xizmatlari eksporti $224 mlndan oshdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Namangan viloyatida 2025 yilda turizm sohasi sezilarli o‘sishni namoyon etdi: anʼanaviy «Xalqaro gullar festivali» hamda boshqa xalqaro tadbirlar o‘tkazilishi natijasida xorijiy turistlar soni 1,5 mln kishiga, mahalliy turistlar esa 5,2 mln kishiga yetdi.

Turizm xizmatlari eksporti 224,2 mln AQSH dollarini tashkil etdi, yillik reja ko‘rsatkichlari esa 107 foizga bajarildi.

2026 yilda ham hududda turizm iqtisodiy rivojlanishning ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilanib, ish o‘rinlari yaratish va iqtisodiy faollikni rag‘batlantirish maqsad qilib qo‘yilgan.

Ushbu tashabbuslar doirasida Pop tumanida Arashan ko‘llari hududida zamonaviy va innovatsion «Arashan Resort» turistik majmuasini barpo etish ishlari boshlandi. Loyiha “Arashan” kompaniyasi tomonidan amalga oshirilmoqda, qurilishning umumiy qiymati 150 mln AQSH dollarini tashkil etadi.

Majmua foydalanishga topshirilgandan so‘ng, u bir soatda 2 ming nafargacha turistga xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, dastlabki yillarda 1 mln nafar mahalliy va 70 ming nafar xorijiy sayyohlar tashrif buyurishi hamda turizm xizmatlari eksporti yiliga 15 mln dollar bo‘lishi kutilmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling