“Nafis-charm” mahsulotlari Xitoy bozorida savdo hajmini kengaytirmoqda
“Nafis-charm” mahsulotlari Xitoy bozorida savdo hajmini kengaytirmoqda
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Yangi Namangan tumanining “Mingchinor” mahallasida joylashgan horijiy kapital ishtirokidagi “Nafis-charm” korxonasi 2011 yilda tashkil etilgan bo‘lib, charm mahsulotlarini qayta ishlash faoliyati bilan shug‘ullanadi, bu orqali 80 nafar aholi ish bilan band.
Korxonada tayyorlanadigan 30 xil turdagi teri mahsulotlari Xitoy mamlakatiga eksport qilinmoqda. Korxonaning 2025 yilgi eksport ko‘rsatkichi 3,5 mlrd so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, bu yilda ushbu raqamlar 5 mlrd so‘mdan oshirilishi ko‘zda tutilgan.
Tuman hokimi sexdagi yaratilgan sharoitlar, ishlab chiqarish salohiyati, mahsulot sifati bilan tanishdi hamda ish ko‘lamini yana-da kengaytirish bo‘yicha zaruriy ko‘rsatmalar berildi.