Valyuta kurslari 17/11/2025
$1 – 12039.61
UZS – 0,45%
€1 – 13992.43
UZS – 0,5%
₽1 – 149.17
UZS – 0,21%
Qidirish
Murakkab vaziyatga tushib qolgan yurtdoshlarimiz Vatanga qaytarildi

Murakkab vaziyatga tushib qolgan yurtdoshlarimiz Vatanga qaytarildi

Murakkab vaziyatga tushib qolgan yurtdoshlarimiz Vatanga qaytarildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O'zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi hamda ushbu shahardagi Migratsiya agentligi vakolatxonasi tomonidan ona va uning qizi Vatanga qaytarildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Turkiyada mehnat faoliyati bilan shug'ullanish maqsadida kelgan hamyurtimiz og'ir kasallikka chalingani sababli murakkab vaziyatga tushib qolgan. Shundan so'ng u, Bosh konsulxonaga murojaat qilgan. Aniqlanishicha, uning 12 yoshli qizi ham onasi bilan birga bo'lgan.

Bosh konsullik ularning ahvolini tezda o'rganib, kerakli yordam ko'rsatdi. Oilani O'zbekistonga qaytarish uchun barcha hujjatlar tayyorladi va Migratsiya agentligi vakolatxonasi ko'magida aviachiptalar sotib olindi. Biroq, onaning oyog'i singani sababli ularning vatanga qaytishi ma'lum muddatga kechiktirildi.

Shifokorlar nazoratida onaning ahvoli barqarorlashgach, uning oyog'iga muvaffaqiyatli jarrohlik amaliyoti o'tkazilib, protez qo'yildi. Fuqaroning moliyaviy ahvoli og'ir bo'lgani, so'nggi uch oy davomida mehnat faoliyati bilan shug'ullana olmagani inobatga olinib, oilaga moddiy yordam ko'rsatildi. Shuningdek, uning qizida maxsus yordamga muhtoj ekanligi ma'lum bo'ldi.

Bosh konsulxonaning tashabbusi bilan "O'zbekiston madaniyati, birdamlik va hamkorlik jamiyati", "Uzbekistan Airways" aviakompaniyasining Turkiyadagi vakilligi hamda turli diaspora tashkilotlari ko'magida ona va qiziga zarur ko'mak ko'rsatilib, ular Vatanga qaytarildi.

Ayni paytda ularning O'zbekistondagi davolanish va reabilitatsiya jarayonlari Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Oila va xotin-qizlar qo'mitasi hamda mahalliy hokimiyat idoralari bilan hamkorlikda davom etmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling