Mozori-Sharifda parrandachilik majmuasi loyihasiga asos solindi va “Made in Namangan” ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi
Mozori-Sharifda parrandachilik majmuasi loyihasiga asos solindi va “Made in Namangan” ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Ayni vaqtda Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov boshchiligidagi delegatsiyamiz Afg‘oniston Islom Respublikasida bo‘lib turibdi.
Tashrifning navbatdagi kuni ham samarali uchrashuv va kelishuvlarga boy bo‘ldi. Xususan, Mozori Sharif shahrida “Golden egg of Namangan” korxonasi tomonidan amalga oshirilishi rejalashtirilgan parrandachilik loyihasiga tamal toshi qo‘yildi.
Namangan viloyatida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar ko‘rgazmasi - “Made in Namangan” shiori ostida tashkil etilib, qo‘shni Davlat aholisi va tadbirkorlarida katta qiziqish uyg‘otdi. O‘zbekiston (Namangan) - Afg‘oniston savdo-iqtisodiy hamkorlik forumidagi V2V formatida bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarda esa tadbirkorlar o‘rtasida bir qator kelishuvlar imzolandi.
Shu yerda Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov Balx viloyati hokimi o‘rinbosari Nurulxodiy Abu Idris va Mozori Sharif shahri rahbariyati bilan rasmiy uchrashuv o‘tkazdi.