Valyuta kurslari 26/12/2025
$1 – 12078.47
UZS – 0,09%
€1 – 14234.48
UZS – -0,04%
₽1 – 155.23
UZS – 0,99%
Qidirish
Mo‘ynoqdagi yangi quduqdan tabiiy gaz oqimi olindi

Mo‘ynoqdagi yangi quduqdan tabiiy gaz oqimi olindi

Mo‘ynoqdagi yangi quduqdan tabiiy gaz oqimi olindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Ustyurtdagi “Mo‘ynoq” koni 3-sonli izlov qudug‘idan sanoat miqyosidagi tabiiy gaz oqimi olindi. Bu haqda “O‘zbekneftegaz” xabar qildi.

Quduqda burg‘ilash ishlari joriy yilning 8 sentyabr kuni “O‘zneftgaz burg‘ilash ishlari” tomonidan boshlangan bo‘lib, quyi yura qatlamlari 4 940 metr chuqurlikkacha burg‘ilandi.

Endi 3 sutka davomida quduq mahsuldor qatlamining tabiiy xususiyatlari o‘rganiladi. Ushbu tadqiqotlar natijasida quduqning sutkalik debiti, qatlam bosimi va boshqa muhim parametrlari aniqlanadi.

Ayni paytda Mo‘ynoq maydonida yana ikkita quduqda burg‘ilash va sinash ishlari jadal davom etmoqda. Tez kunlarda ushbu quduqlardan ham natijalar olinishi kutilmoqda.

Avvalroq ushbu kondagi 2-son qudug‘idan ham katta bosimda gaz olingandi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling