Valyuta kurslari 12/12/2025
$1 – 12047.45
UZS – 0,22%
€1 – 14099.13
UZS – 0,79%
₽1 – 151.90
UZS – -2,31%
Qidirish
Mo‘ynoqdagi 2-son qudug‘idan ham katta bosimda gaz olindi

Mo‘ynoqdagi 2-son qudug‘idan ham katta bosimda gaz olindi

Mo‘ynoqdagi 2-son qudug‘idan ham katta bosimda gaz olindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Mo‘ynoq tumanidagi 2-son izlov qidiruv qudug‘idan katta bosimli, sanoat miqyosidagi tabiiy gaz oqimi aniqlandi, deb xabar beradi "O'zbekneftegaz".

"O‘zbekneftgaz" AJ ga qarashli "O‘zneftgaz burg‘ilash ishlari" MCHJning malakali mahalliy mutaxassislari tomonidan zamonaviy xorij uskunalarida 90 kun muddatda burg‘ilangan, loyihaviy chuqurligi 5 ming metr bo‘lgan mazkur quduqdan bugungi kunda kunlik 2,4 mln kub metr tabiiy gaz olinmoqda.

Shu bilan birga, mintaqadagi boshqa istiqbolli chuqur quduqlarda burg'ulash ishlari kunu tun davom etmoqda.

Shuningdek, ular yil oxiriga qadar yuqori bosimli gazning tijorat oqimlarini qazib olishni boshlashlari kutilmoqda, bu esa mintaqada ishlab chiqarish hajmini sezilarli darajada oshiradi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling