Mo‘ynoq hududidagi yana bir yangi izlov qudug‘ida katta bosimda tabiiy gaz oqimi aniqlandi
Mo‘ynoq hududidagi yana bir yangi izlov qudug‘ida katta bosimda tabiiy gaz oqimi aniqlandi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Qoraqalpog‘iston Respublikasining Mo‘ynoq tumanidagi yangi qidiruv qudug‘ida yuqori bosim ostida tabiiy gazning sanoat miqyosidagi oqimi qayd etildi. Gap Ustyurt mintaqasidagi “Mo‘ynoq” koni yaqinida burg‘ilangan «Shagirlik — quyi yura № 2» qudug‘i haqida bormoqda, deb xabar beradi “O‘zbekneftegaz” AJ.
Bu maydon Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi tasarrufidagi“O‘zbekgeofizika” AJ va “Neft va gaz konlari geologiyasi hamda qidiruvi instituti” DM tomonidan 3D seysmik qidiruv ishlari ma’lumotlari asosida chuqur izlov burg‘ilashga tayyorlangan.
E’tiborli jihati, mazkur quduq Jamiyat va uning tarkibida faoliyat olib borayotgan Loyiha boshqaruv ofisining malakali mutaxassislari tomonidan burg‘ilangan. Loyiha boshqaruv ofisida davlatimiz rahbarining topshirig‘iga ko‘ra, xorijdagi zamonaviy kompaniyalarda aynan neft va gaz sohasida ishlab, yurtimizga olib kelingan malakali mutaxassislardan iborat guruh hisoblanadi.
2026 yilning 10 yanvar sanasida quduq tubi quyi yura qatlamlarida 5265 metr chuqurlikgacha burg‘ilanib, 5265-5061 metr chuqurlik oralig‘ida tabiiy gaz uyumlari aniqlandi.
Quyi yura qatlamlarining geologik tuzilishini o‘rganish hamda aniqlangan gaz uyumlarining tarqalish chegasini aniqlash maqsadida ushbu maydonda navbatdagi 3 va 4 sonli izlov-qidiruv quduqlarini burg‘ilash rejalashtirilgan.