Moskvada tergovdan qochgan o‘zbekistonlik qo‘lga olindi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Moskva shahrida O‘zbekiston fuqarosi, qidiruvda bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi, deb xabar bermoqda Buxoro viloyati IIB matbuot xizmati.
Qo‘lga olingan shaxs — G‘ijduvon tumanida yashovchi fuqaro N.N. bo‘lib, u O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 105-moddasi 1-qismi (o‘rtacha og‘irlikda tan jarohati yetkazish) bo‘yicha jinoyat sodir etganlikda gumon qilingan va tergovdan qochib yurgan.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan tegishli chora-tadbirlar natijasida N.N. qidiruvga berilgan va keyinchalik Moskva shahrida qo‘lga olingan.
Unga nisbatan belgilangan tartibda rasmiy jarayonlar amalga oshirilib, O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi va hozirda tergov ishlari davom ettirilmoqda.