Valyuta kurslari 13/01/2026
$1 – 12099.18
UZS – -0,27%
€1 – 14134.26
UZS – 0,07%
₽1 – 153.82
UZS – 0,18%
Qidirish
Monopoliyaga qarshi choralar natijasida O‘zbekistonda propanning o‘rtacha birja narxlari 18 foizga pasaydi

Monopoliyaga qarshi choralar natijasida O‘zbekistonda propanning o‘rtacha birja narxlari 18 foizga pasaydi

Monopoliyaga qarshi choralar natijasida O‘zbekistonda propanning o‘rtacha birja narxlari 18 foizga pasaydi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi bozorni barqarorlashtirish bo‘yicha ko‘rilgan choralar natijasida propanning o‘rtacha birja narxlari 9,3 mln so‘mdan 7,8 mln so‘mgacha pasayganini, yaʼni 18 foizga kamayganini maʼlum qildi.

2025 yil noyabr–dekabr oylari hamda 2026 yil yanvar oylarida propan bo‘yicha birja savdolari tahlili natijasida 92 nafar importyor tomonidan raqobatga zid kelishilgan harakatlar alomatlari aniqlandi. Ushbu harakatlar boshlang‘ich narxlarni asossiz oshirishga va birjaga chiqarilayotgan hajmlarni sunʼiy ravishda cheklashga qaratilgani qayd etildi.

Monopoliyaga qarshi choralar mamlakatning turli hududlarida faoliyat yuritayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarga nisbatan qo‘llanildi. Jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 5 ta, Andijonda 7 ta, Buxoroda 3 ta, Farg‘onada 13 ta, Namanganda 4 ta, Qashqadaryoda 5 ta, Samarqandda 17 ta, Sirdaryoda 4 ta, Toshkent shahrida 21 ta, Toshkent viloyatida 1 ta va Xorazmda 12 ta kompaniyaga nisbatan choralar ko‘rildi.

Shuningdek, qo‘mita aholi uchun yoqilg‘i narxlarining asossiz oshishining oldini olish maqsadida avtoyo‘qilg‘i quyish shoxobchalaridagi chakana narxlarni doimiy monitoring qilib bormoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling