Valyuta kurslari 06/03/2026
$1 – 12175.53
UZS – -0,04%
€1 – 14151.62
UZS – 0,09%
₽1 – 155.08
UZS – -1,05%
Qidirish
Mol-mulkka nisbatan qo‘yilgan taqiqlar davlat ijrochisi tomonidan bekor qilinishi mumkin bo‘ladi

Mol-mulkka nisbatan qo‘yilgan taqiqlar davlat ijrochisi tomonidan bekor qilinishi mumkin bo‘ladi

Mol-mulkka nisbatan qo‘yilgan taqiqlar davlat ijrochisi tomonidan bekor qilinishi mumkin bo‘ladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mol-mulkni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va majburiyatlarni ijro etish masalalarini tartibga soluvchi qator normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutuvchi qonunni imzoladi.

Hujjatga ko‘ra, agar undiruvchi realizatsiya qilinmagan mol-mulkni o‘zida qoldirish taklifga rozilik bersa, mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi idoralar tomonidan mol-mulkka nisbatan qo‘yilgan taqiqlar davlat ijrochisining qarori asosida bekor qilinadi.

Davlat ijrochisining qarori unda ko‘rsatilgan shaxsga mol-mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish (hisobga qo‘yish) uchun asos bo‘ladi.

Bunda mol-mulk bo‘yicha mavjud majburiyatlar uning sobiq egasi bo‘lgan qarzdor zimmasida qoladi, bundan undiruvchi mazkur majburiyatlarni bajarishni ixtiyoriy ravishda o‘z zimmasiga olgan hollar mustasno.

Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling