Valyuta kurslari 26/06/2025
$1 – 12531.78
UZS – 0,61%
€1 – 14538.12
UZS – 0,53%
₽1 – 159.82
UZS – 0,92%
Qidirish
Iqtisod 01/03/2025 Mo‘g‘ilistonning Hunnu Air aviakompaniyasi Toshkentga parvozlarni yo‘lga qo‘yishni ko‘rib chiqmoqda

Mo‘g‘ilistonning Hunnu Air aviakompaniyasi Toshkentga parvozlarni yo‘lga qo‘yishni ko‘rib chiqmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Uzbekistan Airports kompaniyasi Mo‘g‘ilistonning Hunnu Air aviakompaniyasi bilan muzokaralar o‘tkazib, havo transporti sohasidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi.

Uchrashuv davomida tomonlar Toshkent va Ulan-Bator o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muntazam yo‘lovchi parvozlarini ochish imkoniyatini ko‘rib chiqdilar.

Hunnu Air ushbu yo‘nalishni 2025 yilning ikkinchi yarmidan boshlab amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, parvozlar Embraer 190 havo kemalarida bajariladi.

Hunnu Air — 2011 yilda tashkil etilgan xususiy Mo‘g‘iliston aviakompaniyasi. Uning bosh ofisi Ulan-Batorda joylashgan bo‘lib, asosiy aviaxabi Chingizxon xalqaro aeroportida joylashgan. Kompaniya ichki va xalqaro parvozlarni amalga oshiradi, aviaparki ATR 72-500 va Embraer 190 samolyotlaridan iborat.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling