Valyuta kurslari 30/01/2026
$1 – 12199.10
UZS – 0,25%
€1 – 14585.24
UZS – -0,02%
₽1 – 160.49
UZS – 0,38%
Qidirish
MIT kutubxonasida O‘zbekistonga bag‘ishlangan tarixdagi eng yirik kitob burchagi yaratildi

MIT kutubxonasida O‘zbekistonga bag‘ishlangan tarixdagi eng yirik kitob burchagi yaratildi

MIT kutubxonasida O‘zbekistonga bag‘ishlangan tarixdagi eng yirik kitob burchagi yaratildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Dunyoning birinchi raqamli oliy taʼlim dargohi — Massachusetts Institute of Technology (MIT) markaziy Hayden kutubxonasida O‘zbekistonga bag‘ishlangan maxsus kitob burchagi “Uzbek Books Collection Corner” tashkil etildi.

Mazkur burchakda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti asarlari, Yangi O‘zbekiston tarixi, jadidchilik harakati, milliy uyg‘onish davri, shuningdek, boy madaniy va maʼnaviy merosimizni yorituvchi 120 dan ortiq ilmiy, tarixiy va badiiy asarlar jamlandi.

Qayd etilishicha, ushbu to‘plam MIT kutubxonasida alohida bir xorijiy davlatga bag‘ishlangan eng yirik kitoblar jamlanmasi hisoblanadi.

Ushbu loyiha O‘zbekistonning asrlik tarixi, milliy qadriyatlari va xalqaro akademik va ilmiy hamjamiyatda uning hozirgi rivojlanish bosqichini kengroq va tizimliroq tushunishga hissa qo‘shishi kutilmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling