Valyuta kurslari 06/10/2025
$1 – 12060.48
UZS – -0,32%
€1 – 14156.59
UZS – -0,47%
₽1 – 146.97
UZS – -1,3%
Qidirish
Misrning Blanco kompaniyasi O‘zbekistonda salqin ichimliklar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishdan manfaatdor

Misrning Blanco kompaniyasi O‘zbekistonda salqin ichimliklar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishdan manfaatdor

Misrning Blanco kompaniyasi O‘zbekistonda salqin ichimliklar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishdan manfaatdor

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Oʻzbekiston elchixonasida "Blanko" kompaniyasi rahbarlari Tohir Battix va Kinan Dadixi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Suhbat chogʻida mamlakatimizda import oʻrnini bosuvchi alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqarish va mahsulotlarni Markaziy Osiyo, Yaqin Sharq va Afrika bozorlariga eksport qilish istiqbollari muhokama qilindi.

Tomonlar misrlik tadbirkorlarning 7-9-oktyabr kunlari Toshkent shahriga safarini tashkil etish va "Uzbek Import Fair 2025" koʻrgazmasida ishtirok etish toʻgʻrisida kelishib oldilar.

Oʻzbekiston bilan hamkorlik ushbu kompaniya uchun yangi bozorlarni ochish, mamlakatimiz uchun esa mahalliy ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish va eksport salohiyatini oshirish imkoniyatini taqdim etadi.

Misrning "Blanko" (OSO Blanco) kompaniyasi mahalliy bozorda mustahkam oʻrniga ega ishlab chiqaruvchilardan biri hisoblanadi. Kompaniya arpa va mevalar asosida turli alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqaradi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling