Valyuta kurslari 10/02/2026
$1 – 12320.34
UZS – 0,14%
€1 – 14614.39
UZS – 0,73%
₽1 – 159.36
UZS – -0,25%
Qidirish
Mirziyoyev Sohibjon Murodovni Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori etib tayinladi

Mirziyoyev Sohibjon Murodovni Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori etib tayinladi
 

Mirziyoyev Sohibjon Murodovni Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori etib tayinladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Sohibjon Murodovni O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori lavozimiga tayinladi.

Ushbu tayinlovga qadar u «Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish» AJ direktori lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

U mazkur lavozimda 2026 yil yanvar oyida vazifasidan ozod etilgan Akmalxon Ortiqovni o‘rnini egallagan.

Joriy yil yanvar oyida Shavkat Mirziyoyev Davlat aktivlarini boshqarish agentligi mansabdor shaxslari bozor qiymati kamida 250 milliard so‘mni tashkil etgan yer uchastkasini yopiq auksion orqali bor-yo‘g‘i 120 milliard so‘mga sotganini maʼlum qilgan edi.

Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev Davlat xavfsizlik xizmati raisi Baxodir Qurbonovga “O‘zbekneftgaz” va Davlat aktivlarini boshqarish agentligi faoliyatini nazorat qilgan xodimlarning javobgarligini ko‘rib chiqish bo‘yicha topshiriq berdi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling