Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
Mirziyoyev Saudiya Arabistonining ishbilarmon doiralari vakillari bilan uchrashadi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun Saudiya Arabistoni investitsiyalar vaziri Xolid al-Falih boshchiligidagi delegatsiyani qabul qiladi hamda ushbu mamlakat yetakchi ishbilarmon doiralari vakillari bilan uchrashuv o‘tkazadi.
Shuningdek, davlatimiz rahbari Toshkent viloyatida "Yangi Toshkent" xalqaro aeroporti qurilishiga tamal toshi qo‘yish marosimida ishtirok etadi, Toshkent shahridagi qator ishlab chiqarish obyektlari bilan tanishadi.