Valyuta kurslari 06/02/2026
$1 – 12279.48
UZS – 0,11%
€1 – 14508.21
UZS – 0,11%
₽1 – 159.25
UZS – 0,11%
Qidirish
Mirziyoyev “O‘zbekneftgaz” va Davlat aktivlarini boshqarish agentligidagi milliardlab so‘mlik talon-torojliklarni tergov qilishni topshirdi

Mirziyoyev “O‘zbekneftgaz” va Davlat aktivlarini boshqarish agentligidagi milliardlab so‘mlik talon-torojliklarni tergov qilishni topshirdi

Mirziyoyev “O‘zbekneftgaz” va Davlat aktivlarini boshqarish agentligidagi milliardlab so‘mlik talon-torojliklarni tergov qilishni topshirdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 27 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda “O‘zbekneftgaz” davlat kompaniyasi hamda Davlat aktivlarini boshqarish agentligida keng ko‘lamli tekshiruv o‘tkazilgani, uning davomida milliardlab so‘m miqdoridagi talon-torojliklar aniqlanganini maʼlum qildi.

Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi mansabdor shaxslari bozor qiymati kamida 250 mlrd so‘m bo‘lgan yer uchastkasini yopiq auksion orqali atigi 120 mlrd so‘mga sotgan. Aniqlangan qoidabuzarliklar munosabati bilan agentlik direktori Akmalxon Ortikov lavozimidan ozod etilgan.

«Haqli savol tug‘iladi. Ushbu idoralarda yillar davomida korrupsiya avj olgan bo‘lsa, xavfsizlik masalalari uchun masʼullar qayerga qaragan?» — deya taʼkidladi prezident.

U Davlat xavfsizlik xizmati raisi Baxodir Qurbonovga “O‘zbekneftgaz” hamda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi faoliyatini nazorat qilgan xodimlarning javobgarligini ko‘rib chiqishni topshirdi.

DXX raisiga “O‘zbekneftegaz” AJ va Davlat aktivlarini boshqarish agentligi uchun masʼul xodimlarining javobgarligini ko‘rib chiqish topshirildi. Komplayens xizmati, Davlat xavfsizlik xizmatiga Davlat aktivlari agentligining mansabdorlariga qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi tergov guruhiga Xavfsizlik xizmatining iqtisodiy masalalarga masʼul tuzilmalaridan ham mutaxassislarni jalb qilish topshirildi. “Sotilgan davlat mulklari bo‘yicha har bir holatni sinchkovlik bilan tekshirib, barcha korrupsiyaviy sxemalarni fosh qilsin va jazo muqarrarligini taʼminlasin”, – dedi davlatimiz rahbari.

Eslatib o‘tamiz, 2025 yil dekabr oyida “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi etib avval “O‘zbekgidroenergo”ga rahbarlik qilgan Abdug‘ani Sanginov tayinlangan edi.

U ushbu lavozimda keyinchalik davlat mablag‘larini talon-toroj qilish va boshqa korrupsiya jinoyatlarida gumon qilinib hibsga olingan Baxodir Sidiqovning o‘rnini egallagan.

Yangi rahbariyat faoliyati davomida “O‘zbekneftgaz” AJda yil davomida yo‘l qo‘yilgan jiddiy qoidabuzarliklar uchun Termiz, Jizzax, Maroqand, Kuchlik va To‘raqo‘rg‘on neft bazalari rahbarlari ishdan bo‘shatildi. Shuningdek, kompaniyaning geologiya masalalari bo‘yicha yangi o‘rinbosari tayinlandi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling