Mirziyoyev huquqni muhofaza qilish tizimida yosh va salohiyatli rahbarlar korpusini shakllantirishni talab qildi
Mirziyoyev huquqni muhofaza qilish tizimida yosh va salohiyatli rahbarlar korpusini shakllantirishni talab qildi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakat huquqni muhofaza qilish tizimida yuqori professional salohiyatga ega, talabchan yosh rahbarlar korpusini shakllantirish zarurligini maʼlum qildi.
Seshanba kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda u huquqni muhofaza qilish organlarida xizmat o‘tashning eng yuqori yoshi polkovniklar uchun 55 yosh, generallar uchun esa 60 yosh etib belgilanganiga qaramasdan, ushbu yoshdan oshgan 300 nafardan ortiq shaxs hali ham rahbar lavozimlarda faoliyat yuritib kelayotganini qayd etdi.
Shu bilan birga, davlat rahbari Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimidagi barcha rahbar kadrlar 50 yoshdan kichik ekanini taʼkidlab, buni ijobiy namuna sifatida ko‘rsatdi.
U rahbar lavozimlarga yosh mutaxassislarni tayinlashga o‘tish, pensiya yoshidagi tajribali xodimlarni esa mahallalarda yoshlar bilan ishlash jarayonida ustoz, o‘qituvchi yoki kurator sifatida jalb etish tizimini joriy etish zarurligini belgilladi.
Yig‘ilish o‘ta tanqidiy ruhda o‘tdi: prezident qator rahbarlarni ishdan bo‘shatilgani va intizomiy javobgarlikka tortilgani haqida maʼlum qilib, jinoyatchilik yuqori bo‘lgan sharoitda idoralar faoliyatini keskin tanqid qildi hamda talon-torojlik holatlariga eʼtibor qaratdi.