Mirziyoyev favqulodda arab-islom sammitida mojarolarni tinch yoʻl bilan hal qilishga chaqirdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Doha shahrida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylarining Favqulodda arab-islom sammiti ishtirokchilariga yo‘llagan murojaatini o‘qib eshittirildi. Bu haqda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov ma’lum qildi.
Davlat rahbari o‘z bayonotida O‘zbekistonning qardosh Qatar xalqi va barcha musulmon mamlakatlari bilan qat’iy birdamligini bildirib, Yaqin Sharqda tinchlik va xavfsizlikka tahdid solayotgan so‘nggi harbiy harakatlarni keskin qoraladi.
"O‘zbekiston izchillik bilan barcha nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish tarafdori bo‘lib, mintaqa barqarorligiga putur yetkazuvchi har qanday xatti-harakatlarni keskin qoralaydi. Xalqaro hamjamiyat zo‘ravonliklarni to‘xtatish va bundan buyon avj olishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun shoshilinch choralar ko‘rishi kerak", - dedi Prezident.
Murojaatda, shuningdek, mamlakat jabrlanganlarga insonparvarlik yordami ko‘rsatishga tayyorligi, shuningdek, Falastin xalqining BMT rezolyutsiyalariga muvofiq mustaqil davlat qurish bo‘yicha qonuniy huquqini hurmat qilish zarurligi qayd etilgan.
Sammit mintaqada tinchlik va barqarorlikni ta’minlash maqsadida birlikni namoyish etish va samarali qo‘shma qarorlar ishlab chiqish uchun muhim platforma vazifasini o‘taydi.