Mirziyoyev 2025-2026 yillar mavsumida Oʻzbekistonda koʻmir qazib olishni 10 million tonnagacha oshirish rejalarini muhokama qildi
Mirziyoyev 2025-2026 yillar mavsumida Oʻzbekistonda koʻmir qazib olishni 10 million tonnagacha oshirish rejalarini muhokama qildi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Prezident Shavkat Mirziyoyev ko‘mir qazib chiqarishda erishilgan natijalar va kelgusi vazifalar yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.
Kuz-qish mavsumida aholi xonadonlari, ijtimoiy soha muassasalari hamda iqtisodiyot tarmoqlarini energiya resurslari bilan uzluksiz ta’minlash maqsadida energetikaning barcha tarmoqlari qatori ko‘mir sanoatida ham yangi loyihalar amalga oshirilmoqda, ishlab chiqarish quvvatlari va hajmlari ko‘paytirilmoqda.
2024/2025-yillar kuz-qish mavsumida qariyb 8,7 million tonna ko‘mir qazib olinib, issiqlik elektr stansiyalari, budjet tashkilotlari va aholiga yetkazib berildi.
Taqdimotda 2025/2026-yillar kuz-qish mavsumida 10 million tonna ko‘mir ishlab chiqarish rejalashtirilgani ma’lum qilindi. Buning uchun “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati korxonalarining moddiy-texnik bazasi kuchaytirildi, sohada qo‘shimcha ishlab chiqaruvchilarning faoliyati uchun sharoitlar yaratildi.
Prezidentimiz mavsum davomida aholini ko‘mir bilan kafolatli ta’minlash yuzasidan ko‘rsatmalar berdi. Korxonalarni modernizatsiya qilish va yangi ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish, sohada bozor tamoyillari hamda raqobatni rivojlantirib, mahsulot tannarxini tushirish muhimligi qayd etildi.
Taqdimotda uran yo‘nalishidagi yangi investitsiya loyihalarini jadallashtirish, geologiya-qidiruv ishlarining ko‘lamini kengaytirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish masalalari ham ko‘rib chiqildi.
#Shavkat Mirziyoyev