Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
Mirobod chorrahasida mashina piyodani urib ketdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 03-dekabr kuni soat 11:20 larda Mirobod tumani Yangi zamon-Eski sarakul ko‘chalari chorrahasida Cherry rusumli avtomashina haydovchisi tartibga solingan piyodalar joyidan o’tayotgan piyodani urib yubordi.
YTH natijasida piyodaga shifokorlar tomonidan birinchi tez tibbiy yordam ko’rsatilgan.
Toshkent shahar yo'l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari ushbu hodisa bo'yicha sudgacha tergov olib bormoqda.
Bo'limning axborot xizmati barcha yo'l harakati ishtirokchilariga yo'l harakati qoidalariga qat'iy rioya qilish zarurligini eslatadi.