Mirmuhammad Mirhamidov Toshkent shahar hokimining komplayens va korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi
Mirmuhammad Mirhamidov Toshkent shahar hokimining komplayens va korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Mirmuhammad Mirhamidov Toshkent shahar hokimining komplayens hamda korrupsiyaga qarshi kurash sohasida ichki nazorat masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.
Mirhamidov 1982 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Oliy yuridik maʼlumotga ega bo‘lib, O‘zbekiston Milliy universiteti hamda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. Adliya katta maslahatchisi.
M. Mirxamidov 2006-yildan boshlab prokuratura tizimi organlarida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan.
2023-yildan bugungi kungacha O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda qonuniylik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.