Milliy statistika qo‘mitasi va Xalqaro migratsiya tashkiloti o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Milliy statistika qo‘mitasi va Xalqaro migratsiya tashkiloti o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) —Joriy yilning 15 dekabr kuni Milliy statistika qo‘mitasi va Xalqaro migratsiya tashkiloti (IOM) o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbiri doirasida hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida IOM tomonidan elektron jihozlar — noutbuklar, planshetlar va boshqa texnik vositalar taqdim etildi.
Mazkur jihozlar aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirida onlayn ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolarni rag‘batlantirish, shuningdek, ommaviy axborot vositalari vakillari, jurnalist va blogerlar o‘rtasida o‘tkaziladigan “Eng yaxshi targ‘ibot materiali” tanlovi g‘oliblarini taqdirlash uchun yo‘naltiriladi.