Valyuta kurslari 27/08/2025
$1 – 12354.65
UZS – 0,4%
€1 – 14384.52
UZS – -0,03%
₽1 – 153.93
UZS – 0,9%
Qidirish
O‘zbekiston 27/08/2025 Migratsiya agentligi Janubiy Koreyaga ishga yuborish jarayonida korrupsiya haqidagi mish-mishlarni rad etdi

Migratsiya agentligi Janubiy Koreyaga ishga yuborish jarayonida korrupsiya haqidagi mish-mishlarni rad etdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Migratsiya agentligi fuqarolarni Janubiy Koreyaga ishga yo‘naltirish jarayonidagi korrupsiya sxemalari haqida tarqalgan xabarlarga izoh berdi.

Bundan avval Davlat xavfsizlik xizmati ayrim Migratsiya agentligi xodimlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini maʼlum qilgan edi. Ular pul evaziga fuqarolarni Koreyaga chiqib ketishini tashkil etgani aytiladi.

Agentlik rasmiy izohida taʼkidlanishicha, fuqarolarni Janubiy Koreyaga yuborish bilan shug‘ullangan kadrlar tarkibi to‘liq yangilangan, shu jumladan Seuldagi vakolatxona xodimlari ham almashtirilgan.

"Agentlik xodimlari orasida o‘z kasbiga xiyonat qilgan, fuqarolarning ishonchi va haq-huquqlarini suiisteʼmol qilgan shaxslarning harakatlari keskin qoralanadi." — deyiladi xabarda.

Shuningdek, agentlik O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 17 oktyabrdagi PF–162-sonli Farmoni bilan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi qayta tashkil etilgandan so‘ng, bugungi kungacha Koreyaga E–9 vizasi uchun hech qanday tanlovlar o‘tkazilmaganini eslatib o‘tdi.

Migratsiya agentligi fuqarolardan faoliyati bilan bog‘liq shubhali holatlar yoki qoidabuzarliklarga guvoh bo‘lsangiz, Migratsiya agentligining Komplayens xizmatiga darhol, 71–202–44–11 telefon orqali yoki 12-82 qisqa raqam orqali murojaat qilishingizni so‘radi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling