Valyuta kurslari 30/01/2026
$1 – 12199.10
UZS – 0,25%
€1 – 14585.24
UZS – -0,02%
₽1 – 160.49
UZS – 0,38%
Qidirish
MIGA va ODDO BHF Oʻzbekiston Mikrokreditbanki uchun savdo moliyalashtirishni boshladilar

MIGA va ODDO BHF Oʻzbekiston Mikrokreditbanki uchun savdo moliyalashtirishni boshladilar

MIGA va ODDO BHF Oʻzbekiston Mikrokreditbanki uchun savdo moliyalashtirishni boshladilar

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Jahon banki guruhi tarkibidagi Kafolat platformasi joylashgan Investitsiyalarni kafolatlash bo‘yicha ko‘p tomonlama agentlik (MIGA) va ODDO BHF moliyaviy guruhi (Germaniya) eksport-import bitimlari bo‘yicha to‘lovlarning amalga oshirilmasligi xavfini qoplashga qaratilgan savdo moliyalashtirishini kafolatlash bo‘yicha Ramka kelishuvini imzoladi. Ushbu hamkorlik doirasida “Mikrokreditbank” ATB (O‘zbekiston) tomonidan qisqa muddatli, qayta tiklanuvchi savdo kreditlari taqdim etiladi.

MIGA kafolatlari ostida ODDO BHF tomonidan 50 mln dollarigacha bo‘lgan moliyalashtirish “Mikrokreditbank” ATBga eksport-import faoliyati bilan shug‘ullanuvchi mikro, kichik va o‘rta korxonalar (MKOK), shuningdek, korporativ mijozlarga kreditlar ajratish imkonini beradi. Mazkur moliyalashtirish doirasida bank kreditlarning 70 foizini MKOKlarga, 50 foizini ayollarga tegishli korxonalarga hamda 21 foizini ekologik toza mahsulotlar ishlab chiqaruvchilar va eksportyorlarni moliyalashtirishga yo‘naltirish majburiyatini olgan.

Xalqaro savdo O‘zbekiston iqtisodiy rivojlanishida muhim o‘rin tutadi hamda iqtisodiy o‘sish, bandlik va xalqaro raqobatbardoshlikka salmoqli hissa qo‘shadi. Biroq mamlakat hanuz savdo moliyalashtirishida sezilarli tanqislikka duch kelmoqda — u 4 mlrd dollariga baholanadi. Kichik biznes uchun umumiy moliyalashtirish tanqisligi (savdo va boshqa moliyalashtirish turlari bo‘yicha) 10,5 mlrd dollarini yoki YaIMning qariyb 16 foizini tashkil etadi. Ushbu moliyalashtirishdagi uzilishlarni bartaraf etish xalqaro savdoning barqaror o‘sishi va O‘zbekistonda ish o‘rinlari yaratish uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega.

MIGAning ODDO BHF va “Mikrokreditbank” ATB bilan hamkorligi mahalliy importyor va eksportyorlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. MIGA kafolati O‘zbekiston bilan xalqaro savdoni rivojlantirishga hamda biznesni kengaytirish uchun moliyalashtirishga muhtoj korxonalar uchun kredit resurslaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling