Valyuta kurslari 23/01/2026
$1 – 12136.92
UZS – 0,12%
€1 – 14191.70
UZS – 0,03%
₽1 – 159.99
UZS – 2,3%
Qidirish
"Metallurg" futbol klubi O'zbekistonda faoliyatini qayta tikladi

"Metallurg" futbol klubi O'zbekistonda faoliyatini qayta tikladi

"Metallurg" futbol klubi O'zbekistonda faoliyatini qayta tikladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Mamlakatning eng qadimgi professional jamoalaridan biri bo'lgan Metallurg futbol klubi O'zbekistonda faoliyatini qayta tikladi.

Qayta tashkil etilgan “Metallurg” klubi faoliyatida nafaqat O‘zbekiston balki xalqaro maydonda tanilgan iste’dodli futbolchilar yetishib chiqishi ko‘zda tutilgan. Shu bilan birga, jamoa tarkibida strategik rivojlanish, legioner futbolchilar bilan ishlash va sport infratuzilmasini yanada kuchaytirish bo‘yicha aniq rejalar ishlab chiqilgan.

Tadbir yakunida “Metallurg” muxlislari va jamoa xodimlariga yangi davr boshlangani, professional muhit va kelajakdagi yutuqlarga tayyorgarlik ko‘rilgani taqdim etildi. Klubning qayta tashkil etilishi nafaqat natija, balki ilhom va professional qadriyatlarni targ‘ib qilishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Ma’lumot uchun, “Metallurg” futbol klubi 1945‑yilda tashkil etilgan bo‘lib, O‘zbekiston futbolida ko‘p yillik tarix va tajribani mujassam etgan professional jamoa hisoblanadi. Klub yillar davomida Superliga va birinchi liga musobaqalarida ishtirok etib, Bekobod shahrining sport madaniyatida muhim o‘rin egalladi. 2002‑yilda Superligada qo‘lga kiritilgan beshinchi o‘rin jamoaning eng barqaror va samarali davrlaridan biri sifatida tarixga kirib qoldi.

“Metallurg” nafaqat o‘z muxlislari orasida, balki butun mamlakat futbol jamoatchiligi orasida hurmat qozondi va ko‘plab yosh futbolchilarni yetishtirishga hissa qo‘shdi. So‘nggi yillarda yuzaga kelgan tashkiliy va moliyaviy holatlar tufayli klub faoliyati vaqtincha to‘xtatildi. Shu bilan birga, “Metallurg” nomi, uning tarixi va an’analari o‘z ahamiyatini yo‘qotmadi hamda jamoani qayta tiklash zarurati jiddiy mavzu sifatida saqlanib qoldi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling