Valyuta kurslari 26/09/2025
$1 – 12199.71
UZS – -0,16%
€1 – 14328.56
UZS – -0,35%
₽1 – 146.09
UZS – 0,08%
Qidirish
Meksika orqali noqonuniy ravishda Amerikaga yuborish holati aniqlandi

Meksika orqali noqonuniy ravishda Amerikaga yuborish holati aniqlandi

Meksika orqali noqonuniy ravishda Amerikaga yuborish holati aniqlandi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Samarqand shahrida faoliyat yurituvchi sayyohlik firma rahbari Samarqand shahri va Urgut tumanida yashovchi 3 nafar fuqaroning ishonchiga kirib, zarur bo‘lgan hujjatlarni rasmiylashtirgan holda, ularni Meksika davlati orqali Amerika Qo‘shma Shtatlariga yuborish evaziga har biridan 32 ming AQSH dollaridan, jami 96 ming AQSH dollari talab qiladi.

Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda sayyohlik firma rahbari oldindan 15 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi.

Hozirda ushbu shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 25,168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling