Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
Medet Nazarov Milan–Kortina 2026 Olimpiadasida gigant slalomni 50-o‘rinda yakunladi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston terma jamoasining tog‘ chang‘isi sporti bo‘yicha vakili Medet Nazarov Milan–Kortina 2026 qishki Olimpiya o‘yinlarida yurtimiz sportchilarining chiqishlarini boshlab berdi.
Gigant slalom bo‘yicha birinchi urinishda Nazarov 1 daqiqa 25,75 soniya natija qayd etdi. Ikkinchi urinishda esa u o‘z natijasini yaxshilab, 1 daqiqa 21,14 soniyani ko‘rsatdi.
Ikki urinish yakunlariga ko‘ra, Medet Nazarov 2 daqiqa 46,89 soniya umumiy vaqt bilan marraga yetib kelib, gigant slalom dasturida 50-o‘rinni egalladi.