Valyuta kurslari 09/10/2025
$1 – 12072.03
UZS – 0,28%
€1 – 14016.83
UZS – -0,2%
₽1 – 148.01
UZS – 0,95%
Qidirish
MDH oʻyinlari: Delegatsiyamiz musobaqani 119 ta medal bilan tugatdi

MDH oʻyinlari: Delegatsiyamiz musobaqani 119 ta medal bilan tugatdi

MDH oʻyinlari: Delegatsiyamiz musobaqani 119 ta medal bilan tugatdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Ozarbayjonda III MDH oʻyinlari nihoyasiga yetdi. Musobaqaning soʻnggi kunida hamyurtlarimiz badiiy gimnastikaning besh halqa va besh juft bulava dasturi boʻyicha jamoaviy yoʻnalishda bronza medaliga sazovor boʻldi.

Shu tariqa Oʻzbekiston delegatsiyasi musobaqa davomida 25 ta oltin, 33 ta kumush va 61 ta bronza, jami 119 ta medal bilan umumjamoa hisobida Rossiya, Ozarbayjon va Belarusdan keyin toʻrtinchi oʻrinni egalladi.

Mazkur Oʻyinlar yosh sportchilarimiz uchun tajriba maydoni boʻldi. Boisi oʻsmirlar terma jamoalarimizning aksariyat sportchilari yana 10 kundan keyin Bahraynda start oladigan III Osiyo yoshlar oʻyinlariga tayyorgarlik koʻrishmoqda. Murabbiylar shtabining qarori bilan Ozarbayjonga umidli sportchilar jalb etildi va ular oʻzlarini yomon koʻrsatishmadi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling